Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yingjie Ecological Greening Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Lyu Insze boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yingjie Ecological Greening Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Lyu Insze boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi. Unda viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Mazkur kompaniyaning asosiy ofisi Urumchi shahrida joylashgan bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. Shahar va qishloq joylarida yashil hududlarni yaratish va obodonlashtirish, bog‘lar, parklar va boshqa yashil maydonlarni loyihalash va qurish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. E‘tiborlisi, jarayonlarga ilmiy yondashuv hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e‘tibor qaratadi.
Uchrashuvda Farg‘onada pitomnik (o‘simliklar parvarishlanadigan maxsus joy) tashkil etish, Xitoydan kamsuv va kasallikka chidamli daraxtlar olib kelish, mahalliylashtirish orqali ko‘chatlar tayyorlash, samarasiz issiqxonalar faoliyatini tiklash, g‘alla va paxtachilik yo‘nalishlarida hosildorlikni oshirish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.
Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida boshqaruv kompaniyasini tashkil qilib, daraxtlar parvarishini nazoratga olish, yashillik yaratish haqida so‘z bordi.
Xitoydagi yengil sanoat universitetida ta‘lim olayotgan 400 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalardan malakali mutaxassislar sifatida ishlarni tashkil etishda foydalanish haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Viloyat hokimi har bir bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilinib, kelgusidagi chora-tadbirlar kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, viloyat hokimining Farg‘ona va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik mutaxassis Emrah Turkyilmaz bilan uchrashdi

Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”

Hududlarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida farg‘onalik yoshlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi