Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1942025-04-04 16:05

TOSHLOQ TUMANI HOKIMI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2083798861132055.jpg

Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida tuman aholisining turli masalalar bo‘yicha murojaatlari eshitilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Qabul jarayonida kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, uy-joy va yer masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa dolzarb muammolar muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan mutasaddi idora va tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal etish muhimligini ta’kidlab, har bir murojaat doimiy nazoratga olinishini bildirdi.
Qabul davomida murojaat qilgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarga yechim topilgani va hokimlikka bevosita murojaat qilish imkoniyati yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Toshloq tumani hokimligi bunday qabullarni muntazam o‘tkazish orqali aholi muammolarini joyida hal etish va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishini ma’lum qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744941858794.jpg

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938518123.jpg

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744936865928.jpg

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft