TOSHLOQ TUMANI HOKIMI ABDUQAHHOR DJURABAYeV NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI

Aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar, jumladan, moddiy yordam, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llarni asfaltlash, elektr ta’minotidagi uzilishlar, simyog‘ochlarni yangilash, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar haqida murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat alohida eshitilib, mutasaddi tashkilotlar va sektor rahbarlari ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, boshqalari bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar va muddatlar yuklatildi.
Tuman hokimi qabul yakunida murojaatlar bilan ishlashda shaffoflik, ochiqlik va mas’uliyat asosiy mezon bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, har bir fuqaroning muammosi yechim topishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi