Mahalla arig'ini tozalash maqsadida hashar tashkil etildi




Xalqimizga xos bo'lgan umrboqiy an'ana va udumlar borki, ular bizga ota-bobolarimizdan yuksak meros sifatida o'tib kelmoqda. Mana shunday milliy udumlardan biri bu hashardir.
Hashar orqali xalqimiz ko'p xayrli ishlarni bajarishgan. Obodlik yo'lida qilingan barcha sa'y-harakatlar hashar orqali amalga oshirilgan.
- Istiqlol mahallasi aholisi ham har erta bahor ushbu betakror faslni xayrli ish va ezgu amallar bilan boshlaydilar. Bu yili hum ushbu an'anaga sodiq qolgan holda hudud arig'ini tozalash maqsadida bugun hashar tashkil etdik va bu tadbirda barcha mahallamiz ahli, ayniqsa, yoshlar fa'olik bilan ishtirok etishdi, - deydi mahalla raisi Dodomajid Majidov.
- Mahallamizning saxovatpesha homiylari ko'magida ariqni ta'mirlash uchun barcha zaruriy mahsulotlar yetkazib berildi. Mahalla hududidagi uzunligi salkam 12 kilometr bo'lgan kanalni tozalashda bugun barcha mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. Aslida har yili bahor fasli boshida mahallada bir bo'lib, hashar yo'li bilan ariq tozalash mahalladoshlarimiz uchun an'ana tusiga aylanib qolgan, - deya so'zida davom etadi mahalla raisi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi