Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

912025-04-16 09:55

Sud majlislarida masofdan turib qatnashishining huquqiy asoslari yaratildi.

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085011311921400.jpg

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sudlov faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarning o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilishini liberallashtirish, umuman odil sudlovga erishish darajasini oshirish, shuningdek sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash imkonini bermoqda. Natijada ariza berish, ishda masofadan ishtirok etish, sud hujjatlarini olish va ishlarning ko‘rilishi haqida ma’lumot olish kabi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlar portali orqali elektron shaklda amalga oshirilmoqda.
Biroq, bugungi kunda videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishning huquqiy asoslari prosessual qonunchiligimizda nazarda tutilmagan edi.
O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 11 martdagi “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1047-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga sud majlislarida masofadan turib qatnashishining huquqiy asoslari nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritidi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanilishi mumkinligi, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi belgilandi.
Qonunchilikka kiritilgan mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlislarida masofdan turib qatnashish huquqlarining ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Ibroximjon Tursunov,
O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744941858794.jpg

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938518123.jpg

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744936865928.jpg

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft