Tuman prokuraturasining nazorat tadbirlari



O‘zbekiston tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2025 yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflashning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son Qarori ijrosi alohida nazoratga olingan.
Xususan, tuman shtabi rahbari O.Sobirov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida tumandagi “Tuyul” MFYda yer ostidan o‘tuvchi yuqori bosimli gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlanib, zudlik bilan bartaraf etilishi ta’minlandi.
Natijada, 54 039 metr kub tabiiy gaz sizib chikishi xisob-kitob qilinib, yo‘qotishlarning oldi olindi.
Bu boradagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi