Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

552025-04-28 20:19

Farg‘ona va Omsk viloyati hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745853485046.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745853488863.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745853491447.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745853494311.jpg

Toshkent shahrida "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatimiz vakillari ham ishtirok etib, samarali kelishuvlarga erishilmoqda. Mazkur tadbir mintaqa davlatlarida savdo-sanoat kooperatsiyasini rivojlantiradigan muhim voqea, qator muammolarni hal etish, jumladan, yangi sanoat texnologiyalarini ommalashtirish va korxonalar sherikligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadigan muhim platformadir. Mazkur ko‘rgazma doirasida bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda amaliy hamkorlikni kengaytirish, Farg‘ona viloyati delegatsiyasining joriy yil aprel oyi boshida Omsk viloyatiga qilgan amaliy tashrifi va unda erishilgan kelishuvlarning ijrosi hamda "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek, Farg‘onadan Omsk viloyatiga qishloq xo‘jaligi, tekstil, qurilish mahsulotlari yetkazib berilishi bo‘yicha ham fikr almashildi. Hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi. Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Omsk viloyati o‘rtasida hamkorlikni har tomonlama kengaytirish maqsadida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft