Xitoylik ishbilarmonlar va viloyatimiz tadbirkorlari ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi







Farg‘ona shahrida xitoylik ishbilarmonlar hamda viloyatimiz tadbirkorlari ishtirokida Farg‘ona-Xotan investisiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasining Xotan provinsiyasi rasmiylari va 30 dan ortiq yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi. Forumning asosiy maqsadi iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar bilan tadbirkorlarni tanishtirish, ularni yangi investisiya loyihalariga jalb qilish, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada jadallashtirishdan iborat. Forumda so‘z olganlar Xitoyda va Farg‘onada o‘tkazilgan ko‘plab muzokaralar va biznes-forumlar xitoylik investorlarning viloyatimizga bo‘lgan qiziqishini keskin orttirgani qayd etishdi. Bugungi forum loyihalarni bir necha karraga oshirishga yordam berishiga, xotanlik hamkorlarni yangi loyihalarga jalb qilish orqali yurtimizda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, ishlab chiqarish hajmlarini kengayishiga xizmat qilishi ta‘kidlandi. Farg‘ona viloyati Xitoy investorlari hamda kompaniyalari uchun ham jozibador hududga aylanib borayotganini hamkorlikda amalga oshirilayotgan investision loyihalar misolida ko‘rish mumkinligi qayd etilib, forum doirasida erishiladigan kelishuvlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi. Forum doirasida Farg‘ona viloyatining investisiyaviy, savdo-iqtisodiy salohiyati, viloyatda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Xotanlik va viloyatimiz ishbilarmonlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlarda hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlar Farg‘ona shahridagi “Kimyo texnoparki”, Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” KSZ va Quvasoy shahridagi “Bunyodkor sanoat zonasi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





