Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan mebel ishlab chiqarish va omborxona ish boshladi










Farg‘ona shahrining “Zarbdor” MFYda amalga oshirilgan loyihaning foydalanishga topshirilishi katta tantanaga aylandi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat va shahar hokimligi vakillari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. "Kedr" MChJ tomonidan tashkil etilgan loyihaga ko‘ra, yangi mebel ishlab chiqarish markazi va omborxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, bu yerda yog‘och mahsulotlarini tayyorlashdan tortib, dizayn va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar qamrab olingan. Loyiha qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etib, yiliga 100 ming dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega va 200 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Tantanali tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta‘minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Ishlar innovatsion texnologiyalar yordamida, ilmiy asosda va to‘g‘ri tashkil etilsa, yirik natijalarga erishish mumkinligiga e‘tibor qaratdi. Tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan Mebelchilar uyushmasi faoliyati raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishda, dunyo bozorlariga kirib borishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta‘kidlandi. Yangi loyihaning ish boshlashi esa kooperatsiya asosida minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishga zamin hozirlagani qayd etildi. Tadbir davomida ichki bozorga mahsulot yetkazish bilan birga, qo‘shni davlatlar va jahon bozorlariga ham faol kirib borish vazifasi belgilandi. Ramziy tasma qirqilib, mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi