Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1192025-06-22 15:12

Beshariq va Buvayda tumani vodiyda birinchilardan bo‘lib, g‘alla shartnomaviy rejasini bajardi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750587115066.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750587115169.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750587115502.jpg

Viloyatimizda g‘allachilikda yaxshi tajriba yaratilganligi mo‘l hosil olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mirishkorlar joriy yilda ham g‘alla parvarishini agrotexnik tadbirlar asosida olib bordi. Ayni kunlarda hududlarda o‘rim mavsumi uyushqoqlik bilan tashkil etilib, don peshma-pesh omborlarga etkazilmoqda. Xususan, Beshariq tumani g‘allakorlari 8 ming 700 gektar maydonda g‘alla etishtirib, davlatga tovar don topshirish rejasini to‘liq bajardilar va 72 ming tonnadan ziyod don xirmonini yaratdilar. Mavsumda 209 ta fermer xo‘jaligi, 3 ta don klasteri va kooperasiya 26 ming 450 tonna don etishtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Har gektar erdan o‘rtacha 65 sentnerdan hosil olindi, etakchi fermer xo‘jaliklarida esa bu ko‘rsatkich 85–90 sentnerga etdi. Ayniqsa, “Bahrombek”, “Beshariq saltanati”, “Anvar xosilot”, “Chilmat rais”, “Asror Asadbek kelajagi”, “Yaxshi niyyat” kabi fermer xo‘jaliklari yuqori natijalarga erishdilar. Tumanda 32 ta otryadlar tashkil etilib, samarali faoliyat olib bormoqda. Buvayda tumanida ham 221 ta fermer xo‘jaligi 6 ming 700 gektar maydonda g‘alla parvarishlab, davlatga 20 ming 500 tonnadan ziyod tovar don topshirdilar va shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar. Tumanda fermerlar har gektardan o‘rtacha 80 sentner hosil oldilar. “Alqor agrotexnika”, “Yulduz”, “Nayman yangi turmush”, “Yangi O‘zbekiston”, “Zamin–2001” va “Patilaxon” fermer xo‘jaliklari 90–100 sentnergacha hosil etishtirishga erishdi. Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida o‘rim-yig‘im ishlari jadal sur‘atda olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft