DXX kubogi: viloyat bosqichiga qur‘a tashlash marosimi bayramona gala-konsert bilan davom etdi










DXX kubogi: viloyat bosqichiga qur‘a tashlash marosimi bayramona gala-konsert bilan davom etdi Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi ochiq maydonida DXX raisi kubogi musobaqalarining viloyat bosqichiga qur‘a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sportchilar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining jasorati va yuksak mahoratlari tufayli mamlakatimiz futbol sohasida yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta‘kidlashdi. Shuningdek, Davlat rahbarining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”doirasidagi sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi. Xususan, besh yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan futbol va mini futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi ham yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otib, sevimli musobaqaga aylandi. Bu joriy yilning aprelь-iyunь oylarida o‘tkazilgan quyi bosqichlarda viloyatdagi 1063 ta mahalladan 26 mingga yaqin 16-30 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etgani misolida ham o‘z isbotini topdi. Tadbirda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirokida viloyat bosqichiga qur‘a tashlandi. Qur‘a natijalariga ko‘ra, guruh o‘yinlari uchun jamoalar tarkibi shakllantirildi. Viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalarga muvaffaqiyat va g‘alabalar tiladilar. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari hamda viloyatimiz mehmonlari uchun gala-konsert dasturi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, Otabek Muhammadzohid, Izzatbek Qo‘qonov kabi elimiz ardog‘idagi san‘atkorlar ijrosidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘onalik sportchilar Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishishdi

Viloyat hokimi Germaniya delegatsiyasini qabul qildi