Viloyat hokimi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisini qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi Ergash Narpulatov va jamiyatning viloyat bo‘limi rahbari Bahodirjon Boltaboevni qabul qildi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda jamiyatning viloyat bo‘limi va unga qarashli mahalliy bo‘linmalar, ishlab chiqarish korxonalari hamda ko‘zi ojizlar uchun maxsus kutubxonalar faoliyati muhokama qilindi. Uchrashuvda viloyatimizda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta‘minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tizimli davom etayotganligi qayd etildi. Shuningdek, ko‘zi ojiz shaxslar uchun dam olish maskanlari, ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat ta‘lim muassasasi faoliyati va mavjud muammolar hamda ularning echimlari bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy va mehnat sharoitlarini yaxshilash, jamiyat a‘zolari uchun yanada qulay muhit yaratish yuzasidan takliflar bildirildi. Viloyat hokimi bildirilgan taklif va mulohazalarni qo‘llab-quvvatlashini ta‘kidlab, muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli mas‘ullarga zarur topshiriqlar berdi. Masalalar ijrosi qat‘iy nazoratga olinishi ta‘kidlandi. Mehmonlar samimiy qabul va doimiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdilar. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Burxon Quldashev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloq tumanida yangi markaz – IT - shaharcha foydalanishga topshirildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi


Farg‘ona - Ulsan biznes - forumi tashkil etildi

Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi

Farg‘ona va Ulsan hamkorligi barcha sohalarni qamrab oladi