Dang‘ara tumanida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilmoqda




Dang‘ara tumanida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegasiyasi joriy yil aprelь oyida Xitoyga tashrifi davomida “Jieyang Jinyuelin Plastic Products Co.,Ltd” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, Dang‘ara tumanida qiymati 30 mln dollar bo‘lgan chinni mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishilgandi. Bugun amaliy bosqichga o‘tilib, viloyatimizda hamkorlikda yangi loyihalar qurilishi boshlanmoqda. Bugun viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishuvlar doirasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Kompaniya direktori o‘rinbosari Veyxao Lyu loyihalar tayyorlangani, yaqin kunlarda qurilish ishlariga kirishilishini ma‘lum qildi. Viloyat rahbari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘makka tayyor ekanligini, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish zarurligini bildirdi. Uchrashuvda loyihani ishga tushirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloq tumanida yangi markaz – IT - shaharcha foydalanishga topshirildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi


Farg‘ona - Ulsan biznes - forumi tashkil etildi

Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi

Farg‘ona va Ulsan hamkorligi barcha sohalarni qamrab oladi