VILOYAT HOKIMI TURKIYANING "SADIK GRUBU" DIREKTORLAR KENGASHI RAISINING O’RINBOSARI OKTAY MERSINNI QABUL QILDI
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning "Sadik grubu" direktorlar kengashi raisining o’rinbosari Oktay Mersin boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.
Viloyat rahbari avvalo muhim siyosiy jarayon - saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok uchun turkiyalik kuzatuvchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Oktay Mersin O’zbekistonda o’tgan saylov jarayonlari, ovoz berish qonunchilikka binoan shaffof va adolatli o’tganligiga guvoh bo’lganini qayd etdi.
Bugungi uchrashuvda kompaniya vakillari viloyatga tashrif davomidagi o’rganishlarida olgan xulosalari sabab Farg’ona viloyatida turli loyihalarga investitsiya kiritish hisobiga hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishni rejalashtirayotganliklarini ma'lum qilishdi. Avtomobilsozlik, yoqilg’i-moylash materiallari, sug’urta va qishloq xo’jaligi ta'lim sohalarida xizmat ko’rsatuvchi kompaniya faoliyati haqida ma'lumot berdilar. Shuningdek, qishloq xo’jaligida anorchilik, zaytun yetishtirish hamda asalarichilik tarmoqlarida ham manfaatli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish bo’yicha qator takliflarni ilgari surdilar.
Viloyat hokimi mazkur yo’nalishlarda viloyatning salohiyati haqida ma'lumot berib, amalga oshiriladigan har bir loyihalar qo’llab-quvvatlanishini ta'kidladi.
Denizli va Farg’ona shaharlari hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadida kelgusida qilinishi zarur bo’lgan masalalar bo’yicha ham kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘onada yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi
Viloyat hokimi xitoylik investorlar guruhi bilan uchrashdi