VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XITOYLIK INVESTORLAR HAMDA ULARNING FARG’ONALIK HAMKORLARINI QABUL QILDI
Muloqot chog’ida Farg’ona shahrida xitoyliklar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan mehmonxona, ko’p qavatli turar joy kompleksi, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari loyihasi muhokama qilindi.
Farg’ona viloyati bugungi kunda investorlar uchun eng jozibador hududlardan biriga aylanib borayotgani, turizm, shaharsozlik tarmoqlari ham jadal rivojlanib borayotganligini qayd etgan xitoylik investorlar, amalga oshirilgan yirik loyihalari taqdimoti bilan tanishtirib, viloyat hududida ham yangi loyihalarga investitsiya kiritish niyatida ekanliklarini ma'lum qilib, o’z biznes rejalarini taqdim etdilar.
Viloyatimizda bugungi kunda Xitoy investitsiyasi bilan tashkil etilgan 200 ga yaqin korxona faoliyat olib borayotganini qayd etgan viloyat hokimi, ko’zda tutilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Loyihani tayyorlash ishlari to’liq yakunlab olingach, amalga oshirishning navbatdagi bosqichiga o’tish borasida kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘onada yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi
Viloyat hokimi xitoylik investorlar guruhi bilan uchrashdi