Farg‘ona shahrida 11 noyabrь - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.



Farg‘ona shahrida 11 noyabrь - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar kasaba uyushmalari xodimlari, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan soha xodimlarini bayram bilan samimiy qutlab, kasaba uyushma a‘zolarining mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta‘minlash, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ezgu ishlarni ta‘kidlab o‘tdi. Kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda Farg‘onada o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilganligi e‘tirof etildi. Respublikada ham ko‘rsatkichlar bo‘yicha alohida o‘ringa ega ekanligi, viloyat kasaba uyushmalari tashabbusi va say‘-harakatlari bilan ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bugungi kunda viloyatimizdagi kasaba uyushmalari tizimida 4 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlarda 600 ming nafardan ziyod faollar samarali mehnat qilyapti. Ular korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, munosib mehnat sharoitlarini yaratishda faol ishtirok etib kelyapti. Joriy yilda 7 ming 100 nafar ishchi-xodimlar kasaba uyushmalari tasarrufidagi sihatgohlarda sog‘lomlashtirildi hamda viloyatdagi 10 ming 600 nafar yoshlar oromgohlarda yozgi ta‘tilni maroqli o‘tkazdi. Kasaba uyushmasi tomonidan joriy yil 10 oyi davomida 551 nafar ishchi-xizmatchilarning mehnatga oid buzilgan huquqlari tiklandi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklash orqali 2 mlrd so‘mdan ziyod ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undirib berildi. Bundan tashqari, korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan 21 mingdan ziyod mehnatkashlarning kasaba uyushma hamda ish beruvchilar tomonidan respublikamiz va viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etildi. Bayram tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan e‘lon qilingan “Eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyatimizning taniqli san‘atkorlari, ashula va raqs ansambllari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada


Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi