Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

422025-06-09 10:15

FARG‘ONADA MALINA EKSPORTIGA IXTISOSLAShGAN QIShLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVLARI TAShKIL ETILMOQDA

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749446081869.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749446086861.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749446089787.jpg

Prezidentimizning 2025-yil 8-aprelda qabul qilingan "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish orqali kooperativ a‘zolariga bir qator imtiyozlar belgilangan. Mazkur hujjatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va kooperasiya tizimini tashkil qilish uchun ham imtiyozlar taqdim etilgan. Ushbu muhim qaror qabul qilingandan so‘ng, Farg‘ona viloyatida ham qishloq xo‘jaligi kooperativlari tashkil etilmoqda. Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘i aholisi asosan malina etishtirish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda hududda malina eksportiga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi kooperativlar soni ortib bormoqda. Tajribali bog‘bon Elyor Nishonov “Vodil Raspberry 555” nomli qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etdi. Bog‘idagi malina hosilini xorijga eksport qilish maqsadida “Vodil” brendi asosida zamonaviy gofra qutilarga qadoqlamoqda. Unda brend nomi, tadbirkorning to‘liq manzili hamda QR-kod joylashtirilgan. Bu bilan mahsulotning sifat jihatidan xorijiy davlatlarda bo‘lgan talabi ta‘minlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 09.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft