Farg‘onada yoshlar birdamligiga bag‘ishlangan motivasion gala-konsert tashkil etildi









Farg‘onada yoshlar birdamligiga bag‘ishlangan motivasion gala-konsert tashkil etildi Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyining ochiq sahnasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan bayram kechasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa‘dullaev so‘zga chiqib, yoshlar bayrami bilan yig‘ilganlarni qutladilar. Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezident tashabbuslari va davlat siyosatida yosh avlodga qaratilayotgan e‘tibor haqida to‘xtalib o‘tishdi. “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida viloyatda madaniy - ma‘rifiy, sport tadbirlari davom etishi ta‘kidlandi. Farg‘onada ham iqtidorli, iste‘dodli yoshlar ko‘pligi, chet tillarini biladigan, kitob o‘qiydigan yoshlarni ko‘paytirish zamon talabi ekanligi qayd etildi. Maydonga o‘rnatilgan monitor orqali Prezident Shavkat Mirziyoevning yoshlar bilan muloqotida ta‘kidlagan o‘g‘il-qizlarni yangi marralarga chorlovchi da‘vatlarini ifodalagan videorolik namoyish etildi. Davlatimiz madhiyasi yangradi. Tadbir davomida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Layloxon Saynazarova, Farg‘ona davlat texnika universiteti doktoranti Ahadjon O‘lmasov hamda yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochuvchi qator loyihalar asoschilari tomonidan yoshlarga muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari bo‘yicha motivasiyalar berildi. Tadbir davomida ta‘lim, sport, harbiy vatanparvarlik, IT va boshqa sohalardagi faol yoshlar taqdirlandi. Bayram kechasi o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari, yosh iste‘dodlar ishtirokidagi gala-konsert bilan davom etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev, “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov, so‘z ustalari Javlon Shodmonov, Otabek Mirzaxolov, Oybek Teshaboevlarning chiqishlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, “Yoshlar ovozi - Boʻzatov Fest” tanlovi ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar konsertga yanada rang-baranglik bag‘ishladi. Viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan minglab yoshlar va keng jamoatchilikning qizg‘in ishtirokida o‘tgan ushbu madaniy – ma‘rifiy tadbir “O‘zbekiston yoshlari” madhiyasi hamda yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.