Yirik investisiyaviy loyihalarga start berildi.








Yirik investisiyaviy loyihalarga start berildi Bugun “Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy hududida qator investisiya loyihalarining qurilishi boshlandi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tadbirkorlar, nuroniylar hamda xorijlik hamkorlar ishtirok etdi. "Arborvitae Pharmaceuticals" MChJ tomonidan farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Tadbirkor Dilmurodjon Ahmedov tomonidan umumiy qiymati 10 million dollarlik loyihani qurilishiga kirishildi. Korxona joriy yilning 4-choragida ishga tushiriladi, 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida “NF TEXTIL KIMYA” MChJning kimyoviy moddalar va bo‘yoqlarni qayta ishlashni tashkil etish loyihasiga start berildi. 10 million dollarlik umumiy qiymatga ega mazkur loyiha doirasida korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori texnologik ishlab chiqarish jarayonlari yo‘lga qo‘yilib, 100 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta‘minlanadi. “Omina Malika” MChJ tomonidan esa tara idishlar ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni qadoqlash va muzlatgichlar tashkil etish ishlari ham boshlanmoqda. Umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etuvchi mazkur loyiha “Hamkorbank” ko‘magida, tadbirkor Nosirjon Qoraboev hamda xitoylik investorlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Zamonaviy korxonada 40 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Viloyat hokimi taqdimotlar bilan tanishib, start olayotgan qurilish ishlariga muvaffaqiyat tiladi. Nuroniylar ishtirokida duolar qilinib, ezgu niyatlar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘onada xitoylik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi