Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1152025-06-26 23:49

Farg‘onada “Tulpor” brendi bilan traktorlar ishlab chiqarish korxonasining qurilishi boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963665599.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963669957.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963673185.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963677996.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963682527.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963686792.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963690115.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963698645.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963701879.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750963704284.jpg

Farg‘onada “Tulpor” brendi bilan traktorlar ishlab chiqarish korxonasining qurilishi boshlandi Quvasoy shahri Pakana MFY hududida joylashgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi filialida "FERGHANA TULPOR MACHINERY” MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining qurilish ishlariga kirishildi. Shu munosabat bilan o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov, shahar hokimligi mas‘ullari, tadbirkorlar, xitoylik investorlar ishtirok etdi. Viloyat hokimi o‘z so‘zida bir necha oy oldin Xitoyga tashrif davomida mazkur kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar olib borilgani, aniq rejalar qilinib, bugun oldinga qo‘yilgan katta maqsadni amalga oshirish boshlanayotganligini qayd etdi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar juda yuqori darajada rivoj topayotganligi, bunga ikki davlat rahbarlarining o‘zaro do‘stona, samimiy munosabatlari asos bo‘layotganligi, Xitoy investorlari uchun O‘zbekistonda katta sharoit va imkoniyatlar berib kelinayotganligi, uni natijasi sifatida kundan-kunga Xitoy biznesmenlarining soni ortib borayotganligi ta‘kidlandi. Keyingi yillarda Xitoy O‘zbekistonning etakchi savdo sheriklaridan biriga aylangani, 2024 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 13 mlrd dollardan ortgani aytib o‘tildi. Quvasoy shahrida boshlangan navbatdagi loyiha ham ishonchli hamkorlik natijasi sifatida e‘tirof etildi. 7 gektar maydonda boshlangan loyiha qiymati birinchi bosqichda 30 mln dollarni tashkil qiladi. Keyingi bosqichlarda yanada kengayib, uch yilda 300 mlnga etkaziladi. Mazkur korxonani tashkil qilinishi pirovardida uning yonida keyinchalik ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha korxonalar barpo qilinishi aytildi. - Bu erda yirik mashinasozlik majmuasi barpo etiladi. Korxonani tashkil qilish uchun ancha vaqtdan buyon tayyorgarlik qilindi. Xitoylik investorlarimiz bilan birgalikda bunga “Tulpor” degan nom berdik, alohida dizaynga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqariladi. Agrotexnik tadbirlarni ham amalga oshiruvchi traktorlar ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bog‘ oralarida ishlovchi kichik traktorlardan tortib 400 ot kuchiga ega bo‘lgan traktorlargacha ishlab chiqarishni reja qilganmiz. Bu texnikalar nafaqat O‘zbekiston bozorida qolaversa, Markaziy Osiyo, MDH davlatlari, qo‘shni davlatlar bozorlarida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, yaxshi brendga aylanadi degan umiddamiz, - dedi viloyat hokimi o‘z nutqida. Tadbirda xitoylik investorlar ham so‘z olib, yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar va ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdilar. Loyiha doirasida 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ma‘lum qilindi. Tamal toshi qo‘yilib, tantanali tarzda korxona poydevori qurilishiga kirishildi. Shu erda yangi korxonada ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan traktorlarning ilk numunalari bilan tanishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft