Farg‘onada xitoylik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi





Farg‘onada xitoylik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forumbo‘lib o‘tdi Farg‘ona shahridagi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Farg‘ona–Xitoy” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda viloyat va shahar-tuman hokimliklari mutasaddilari, mahalliy tadbirkorlar hamda 50 nafardan ziyod Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov so‘zga chiqib, Farg‘ona va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, viloyatning investision salohiyati va mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Bugungi kunda 220 dan ortiq Xitoy kompaniyalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Hozirgacha 4 mlrd dollarlik, faqat 2024 yilning o‘zida esa qariyb 1 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilgani ma‘lum qilindi. Forum doirasida Farg‘ona va Xitoy provinsiyalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, turizm hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etilib, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. O‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Marg‘ilonda yana bir zamonaviy avtosalon ish boshladi.


Xitoyning “Daqin Cableway” kompaniyasi vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi