Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2802025-06-24 12:33

Viloyat hokimi Xitoyning "Hunan Zhongwei Group" kompaniyasi direktorini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750750321211.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750750328222.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750750331731.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Hunan Zhongwei Group" kompaniyasi direktori Chenь Minbo boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Unda turizm, savdo va ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi loyihalar muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, yangi bosqichda davom etayotganligi ta‘kidlandi. Farg‘onada turli sohalarda Xitoy kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan o‘zaro manfaatli loyihalar haqida so‘z yuritildi. Farg‘ona viloyati vodiyning markaziy hududi ekanligi, aholi zichligi va mavjud investisiyaviy salohiyatidan kelib chiqib, Xitoy kompaniyasi o‘z ishlab chiqarish zanjiriga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli yirik savdo majmuasini qurish, turizm sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi. Uchrashuvda Xitoyning Qoshg‘ar shahri bilan Farg‘ona viloyati o‘rtasida turizm yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, bu jarayonlarga turoperatorlarni jalb qilish yuzasidan ham fikr almashildi. Viloyat hokimi bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta‘kidlab, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft