Marg‘ilonda yana bir zamonaviy avtosalon ish boshladi.





Marg‘ilonda yana bir zamonaviy avtosalon ish boshladi Marg‘ilon shahridagi “Toshkesar” MFYda "Driver’s Village" mas‘uliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtomobilь savdosi va servis xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi amalga oshirildi. Bugun mazkur majmua ochilib, aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ochilish marosimida tadbirkorlar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirkor Farrux Abdullaev tashabbusi bilan 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga ikki qavatli zamonaviy avtosalon va servis majmuasi qurildi. Eng muhimi, bu erda 45 ta doimiy ish o‘rni yaratildi, aholiga esa sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi majmua faoliyati, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu kabi loyihalar aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutishligi ta‘kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yirik investisiyaviy loyihalarga start berildi.




Farg‘onada xitoylik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi