Xitoyning “Daqin Cableway” kompaniyasi vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi


Xitoyning “Daqin Cableway” kompaniyasi vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Daqin Cableway” kompaniyasi ijrochi direktori Liang Liangkui boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan videomuloqot o‘tkazdi. Unda ayni paytda Xitoyda xizmat safarida bo‘lib turgan viloyat delegasiyasi a‘zolari, shuningdek, Quva va Farg‘ona tumanlari hokimliklari mas‘ullari ishtirok etdi. Muloqotda Shohimardon hamda "Karkidon" suv ombori hududlarida turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Viloyat rahbari mazkur hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, bildirilayotgan takliflar o‘rganilayotgani va eng maqbul loyihalar amaliyotga joriy etilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu loyiha vodiyda yagona bo‘lishi va o‘ziga xos infratuzilmasi bilan ajralib turishini ta‘kidladi. Kompaniya vakillari bilan kanat yo‘llari, ekstremal attraksionlar, arqon yo‘llari, osma ko‘priklar, tomosha yo‘laklari va maydonlarini barpo etish, turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xitoylik investorlar viloyatimizga taklif etilib, tashrif doirasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yaqin kunlarda aniq rejalarni ishlab chiqishga kelishib olindi. Ma‘lumot o‘rnida, “Daqin Cableway” 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kanat yo‘llari (ropeway, cableway), liftlar, turizm infratuzilmasi uchun uskunalar ishlab chiqarish, ularning dizaynini yaratish, o‘rnatish va ekspluatasiya xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi etakchi Xitoy kompaniyalaridan hisoblanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





