Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3152025-06-03 18:49

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958426432.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958432330.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958435619.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958438127.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958440910.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958444148.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958446641.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958449708.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958452521.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748958454988.jpg

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining Botken viloyatidagi vakolatli vakili Aybek Shamenov boshchiligidagi rasmiylar bilan uchrashdi. Unda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi. Dastlab So‘x tumani hamda Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanidagi Chechme qishlog‘i aholisi bilan muloqot qilinib, “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish masalasi muhokama qilindi. Mahalliy darajada bir qator muammolar ko‘tarilib, aholi bilan birgalikda echimlar qabul qilindi. Samimiy muloqot davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi natijasida ikki qardosh xalqlar o‘rtasida azaliy do‘stlik va qardoshlik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotgani, chegara bilan bog‘liq masalalar hal etilgani, shuningdek, chegaraoldi hududlarning hamkorligi ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi alohida ta‘kidlandi. “Chashma” bulog‘i ikki qondosh xalqning umumiy boyligi ekanligiga alohida urg‘u berilib, tomonlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida ikki mamlakat fuqarolarining “Chashma” bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik ta‘kidlab o‘tildi. Buloq hududidagi tozalash, nazorat ishlari birgalikda amalga oshirilishi qayd etildi. Qishloq oqsoqollari barcha muammolarning muzokaralar orqali hal etilishiga ijobiy baho berib, yonma-yon yashab kelayotgan ikki xalqqa totuvlik, hamjihatlik tilab, duolar qilishdi. Uchrashuv Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘ida davom etdi. Ikki hudud rahbarlari “Oqqiya” chegara nazorat-o‘tkazish punktida mahalliy va xorijlik dam oluvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, yaylovlar, transegaraviy daryo va soy suvlaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Bildirilgan taklif va masalalar bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 05.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft