Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

902025-06-28 21:45

Dang‘arada maktabgacha ta‘lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129013012.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129016957.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129019672.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129022487.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129025360.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129029121.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129031632.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129033887.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129036809.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751129039322.jpg

Dang‘arada maktabgacha ta‘lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi Dang‘ara tumani Kunchiboy-qo‘rg‘oncha qishlog‘ida homiylik asosida qurilgan yangi maktabgacha ta‘lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tuman hokimligi mas‘ullari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar. Ushbu hududda avval maktabgacha ta‘lim muassasasi mavjud emas edi. Tuman prokurori Akmaljon Boboxonov tashabbusi va homiylar ko‘magida Sanam MFYda 90 o‘rinli zamonaviy muassasa barpo etildi. Qurilish ishlariga 3,2 milliard so‘mdan ortiq homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi. Natijada mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq qamrab olish imkoniyati yaratildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning barkamol rivojlanishi va kelajagiga xizmat qilishini ta‘kidladi. Shuningdek, mazkur bunyodkorlik aholi hamjihatligi va homiylar tashabbuskorligining yorqin namunasi ekani qayd etildi. Ta‘kidlanganidek, viloyatda maktabgacha ta‘lim qamrovini 90-95 foizga etkazish bo‘yicha izchil ishlar davom ettiriladi. Ramziy tasma kesilib, ishtirokchilar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft