Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi










Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi Oltiariq tumanidagi “Azimobod” mahalla fuqarolar yig‘ini viloyatimizdagi obod va namunali mahallalardan biridir. Mahalla ahlining hamjihatligi bilan keng ko‘lamli bunyodkorlik va ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududdagi 26-maktabda 360 o‘rinli o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi esa azimobodliklarning yana bir ezgu tashabbusining amaliy ifodasi bo‘ldi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov, mahalla ahli, nuroniylar, ta‘lim sohasi mas‘ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, Azimobod mahalla ahlini ezgulik, mehr-oqibat ayyomi - Qurbon hayiti bilan samimiy tabrikladi. Mamlakatimizda barcha investisiya birinchi o‘rinda ta‘limga, ilf-fanni rivojlantirishga yo‘naltirilayotganligi, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan ta‘lim sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotganligini ta‘kidladi. Yaqinda ushbu maskanda zamonaviy bog‘cha homiylik asosida barpo etilgan bo‘lsa, yana bir katta tashabbus - maktab binosining qurilishi esa xalqimiz birdamligi, jipsligi va ezgu niyatlar bilan harakat qilishining yorqin namunasi ekanligi bildirildi. - Najot ta‘limda, bugun barcha diqqat etiborimizni ta‘limga, ilmga qaratsak, xalqimiz turmushi farovon bo‘ladi, rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilamiz. Katta natijalarga erishamiz. Dunyo ilm faniga katta hissa qo‘shgan ota bobolarimiz bor. Biz ularga munosib avlodni tarbiyalashimiz kerak, - dedi viloyat hokimi. Oltiariq farzandi, Garvardga o‘qishga kirgan Azizbek Zaylobiddinovning yutuqlari e‘tirof etilib, barcha muvaffaqiyatlarning omili ilm ekanligi aytib o‘tildi. Azimobod mahallasi hududidagi 26-sonli umumiy ta‘lim maktabi jami 680 o‘quvchi o‘riniga ega bo‘lgan. Hozirda 950 nafar o‘quvchi ikki smenada ta‘lim olmoqda. O‘quvchilarning sifatli ta‘lim olishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida 8,5 mlrd so‘m mablag‘ evaziga homiylik asosida 360 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurib bitkazildi. Zamonaviy arxitektura asosida qurilgan maktabning yangi binosida 12 ta o‘quv xonasi va qo‘shimcha texnik xonalar foydalanishga topshirildi. Natijada o‘quv jarayonlari bir smenaga o‘tkazildi. Viloyat rahbari mazkur maktabni qurilishiga bosh bo‘lgan tuman prokurori Rustamjon Tillaev, Azimobod MFY raisi Abdug‘affor Miraminov, 26-maktab direktori Abdug‘ani Nabiev, shuningdek, homiylik qilgan Muzaffar Jalilov, Sohib Salimov, Muhriddin A‘zamov, Shoxrux Abdumutalov va boshqalarga minnatdorchiligini bildirdi. Mazkur bilim dargohi yoshlarni bilimli, ma‘rifatli, Vatanga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashda peshqadam bo‘lishiga ezgu tilaklar bildirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bunday sa‘y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlanayotgani va amaliy yordam ko‘rsatilayotgani uchun davlat rahbariga samimiy minnatdorlik izhor qilishdi. Nuroniylar tomonidan yurt tinchligi, farzandlar kamoli uchun ezgu duolar qilindi. O‘quv binosining qurilishiga hissa qo‘shgan bir guruh insonlar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ramziy lenta qirqilgach, tadbir ishtirokchilari yangi binodagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada


Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.