Bag‘rikenglik haftaligi: ezgu maqsadlar va orzularimiz mushtarak
16 noyabrь – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Farg‘ona viloyatida ham turli bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu borada viloyat hokimligi tomonidan alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bayram shukuhi barcha shahar-tumanlarni qamrab olishiga erishilyapti.
Haftalik davomida “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” shiori ostida har bir hududda keng qamrovli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Marg‘ilon shahridagi 10-sonli musiqa va san‘at maktabida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi, viloyatdagi milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari hamda viloyatda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi “Bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma, turli millatga mansub shoir va yozuvchilarning kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tantanali tadbirda milliy madaniy markazlarning badiiy jamoalari hamda 10-sonli musiqa maktabi o‘quvchilari tomonidan tashkillangan “Bag‘rikenglik ohanglari” konsert dasturi qatnashchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona viloyatida 22-23-24-25 yanvarь kunlari kutilayotgan ob-havo ma‘lumoti
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Hong He Yuan kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
Viloyat hokimi Shohimardonda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
So‘x tumanida zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi
So‘x tumanida chegara qo‘riqlash vzvodining foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Farg‘onada investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan investorlar bilan uchrashuv