So‘x tumanida zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi










So‘x tumanidagi G‘aznov mahallasida kapital ta‘mirdan chiqarilgan 21-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi foydalanishga topshirildi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari, mahalla ahli va yoshlar ishtirok etdi. Ochilish tadbirida so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda ta‘lim sohasidagi islohotlar haqida so‘z yuritib, inson hayotida bilim va hunar muhim o‘rin tutishini qayd etdi. – So‘x tumani har doim e‘tibor markazida ekanligini mana shunday zamonaviy binolarning qurilishi va yangi inshootlarning qad rostlanishida mujassam. Vatan qadrini teran anglaydigan so‘xliklar bilan har doim hamnafas bo‘lib, yurtimiz rivoji va ravnaqiga birgalikda va birdamlikda hissa qo‘shamiz, - dedi viloyat hokimi o‘z so‘zida. Mazkur ta‘lim maskanidagi 410 o‘rinli bino qayta ta‘mirlandi, 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurildi. Bunyodkorlik ishlari uchun qariyb 4 mlrd so‘m mablag‘ sarf qilindi. Sinf xonalarida o‘quvchilarning bilim olishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi. Bevosita yangi va shinam sinfxonalarda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘lgan viloyat hokimi ularning orzu va maqsadlari bilan qiziqdi. O‘quvchi va o‘qituvchilar berilayotgan e‘tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onalik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safaridan qaytdi

Viloyatimizning ikki jamoasi Respublika tanlovida ishtirok etmoqda



Furqat tumanida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda