Xitoylik investorlar viloyatimizda yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda avtomobilsozlik va qurilish sohasida yirik investision loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirayotgan xitoylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy muloqot chog‘ida xitoylik yirik sarmoyadorlar Farg‘ona viloyati hududida qurilish bozori, undan tashqari, avtomobillar sotish klasteri, dillerlik va ularga servis xizmat ko‘rsatish markazlari, shu bilan birga, bolalar maydonchasi, yashash turar-joylari bilan birga katta kompleksni barpo etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarini taklif qilishdi. Bunda qurilish bozori klasteri, ichida eng oddiy qurilish materiallaridan tortib, ta‘mirlash, logistika, servis kabi xizmatlarni qamrab oluvchi yirik kompleks bo‘ladi. Viloyat rahbari mazkur yirik loyihalarni aynan Farg‘onada qurilishi vodiy viloyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidlab, ushbu loyihalarni amalga oshirishda kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini ma‘lum qildi. Aniq takliflar asosida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Furqat tumanida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda

