Viloyatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda



Turkiyalik investorlar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ayni shu yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvlarga erishilib, Farg‘ona shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Dastgohlar o‘rnatilib, korxonani ishga tushirish bo‘yicha yakuniy ishlar olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, “Fargo-Gold” brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqariladi, ushbu ishlab chiqarish orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan o‘tkazilgan bu galgi uchrashuvda mazkur loyihaning qurilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Mazkur loyiha to‘la qo‘llab-quvvatlanishi va viloyat hokimligi tomonidan kerakli ko‘mak ko‘rsatilishi ma‘lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyatimizning ikki jamoasi Respublika tanlovida ishtirok etmoqda


Furqat tumanida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda
