Viloyatimizning ikki jamoasi Respublika tanlovida ishtirok etmoqda



Viloyatimizning ikki jamoasi Respublika tanlovida ishtirok etmoqda Joriy yilning mart-aprelь oylarida umumta‘lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovlari yoshlar orasida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur tanlovlarning respublika bosqichi 17-20 iyunь kunlari Samarqand viloyatida o‘tkaziladi. Tanlovlarning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Qo‘qon shahridagi 15-umumta‘lim maktabining 10 nafar o‘quvchilardan iborat “Jadidlar” maktab teatr jamoasi va Farg‘ona tumanidagi 10-umumta‘lim maktabining 8 nafar dutorchi o‘quvchi-qizlardan iborat “Shodiyona” maktab ansambli jamoalari Samarqand shahriga etib bordilar. Shuningdek, ushbu tanlovlarda 2024 yilda umumta‘lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida g‘oliblikni egallab, vazirlik tomonidan tashkil etilgan Germaniya davlatida ta‘lim sayohatida qatnashib kelgan farg‘onalik 2 nafar o‘quvchi-qizlar Dilnura Rohatalieva va Farzonaxon Yo‘ldoshalievalar mehmon sifatida ishtirok etadilar. Farg‘onalik o‘quvchi-yoshlarimizga mazkur tanlovlarda faol ishtirok etib, oliy o‘rinlarni egallashlari hamda xorijiy davlatlarga ta‘lim sayohatlarida qatnashishlarini tilab qolamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





