Farg‘onalik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safaridan qaytdi








Farg‘onalik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safaridan qaytdi Bir oy avval 1600 nafarga yaqin ziyoratchi tajribali guruh rahbarlari, malakali shifokorlar va ishchi guruh hamrohligida Saudiya Arabistoniga Haj amallarini ado etish uchun jo‘nab ketgan edi. Bugun Jidda — Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan Boeing 767 samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Unda 240 nafardan ziyod farg‘onalik ziyoratchi Haj safarini tugatib, yurtimizga qaytib keldi. Ziyoratchilarni Farg‘ona viloyati hokimligi, tegishli idora va tashkilotlar vakillari tantanali ravishda kutib olishdi. "Haj safari juda chiroyli o‘tdi. Juda ham hursandmiz. Prezidentimizga shunday sharoitlarni yaratib berganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yurtimiz uchun duolar qildik, muqaddas ziyoratni ado etishga imkon bo‘lgan kunlarga shukronalar aytamiz. Endilikda mahallamizda yoshlarga ta‘lim-tarbiya berishda, ma‘naviyat targ‘ibotida faol ishtirok etamiz. Ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘lishga harakat qilamiz", — dedi quvalik Qurbonali Aripov. Farg‘ona shahar bosh imom-xatibi, mingboshi Jo‘rabek Rahmonov ham Xaj safari uchun tayyorgarlik jarayonlari yuqori darajada tashkil etilgani, bundan barcha yurtdoshlarimiz, farg‘onaliklar ham juda mamnun ekanligini ta‘kidladi. Qay bir ziyoratchi bilan gaplashmaylik, yuz - ko‘zlarida quvonch, shukronalikka guvoh bo‘ldik. Ziyoratchilar kutib olish marosimidan so‘ng maxsus avtobuslarda Farg‘ona shahri, Farg‘ona, Quva tumanlari hamda boshqa hududlarga kuzatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Viloyatimizning ikki jamoasi Respublika tanlovida ishtirok etmoqda



Furqat tumanida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda