Qishloq xo‘jaligida milliy brend yaratish, eksportbop mahsulotlar etishtirish ishlari bilan tanishildi










Farg‘onada jurnalist va blogerlar qishloq xo‘jaligida milliy brend yaratish, eksportbop mahsulotlar etishtirish ishlari bilan tanishdilar Davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarori ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida ham tomorqa va dehqonchilik erlaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli hamda eksportbop ekinlar etishtirish, ularni hisobga olish va moliyalashtirishga doir qator yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda aholini o‘qitish, urug‘ va ko‘chat etkazib berish, mahsulot etishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarishni qamrab olgan to‘liq zanjir yaratilmoqda. Viloyat hokimligi, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi, hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi hamkorligida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari milliy brendini yaratish – eksport salohiyatini oshirishda muhim qadam” mavzusida o‘tgan press-tur doirasida respublika va mahalliy OAV vakillari hamda blogerlar bu yo‘nalishdagi ishlar bilan tanishtirildi. Uzumning "rizamat"," husayni", "kelinbarmoq" va "qorakishmish" navlariga ixtisoslashgan “Oltiariq agrostar” ixtisoslashgan kompaniyasi, o‘rik va turshakka ixtisoslashgan “Fargʻona agro star” loyiha ofisi hamda shaftoli, gilos, gullar, ko‘chatlarga ixtisoslashgan “Quva – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi faoliyati haqida ma‘lumot berildi. Dastlab Oltiariq tumanidagi uzumchilik o‘quv markaziga borildi. Tumandagi quyosh panellari yordamida ishlaydigan, 2 ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli omborxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, Farg‘ona tumanidagi o‘rikni qayta ishlash va qadoqlash loyihasi ham ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu erda hozirda o‘rik mag‘izlari Turkiya va Xitoyga eksportga tayyorlanmoqda. Korxonada 40 nafardan ziyod fuqaro ish bilan band. Quva tumanida atirgul parvarishi bilan shug‘ullanayotgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqachilar tajribasi ham press-tur davomida tanishtirib o‘tildi. Xususan, Qaqir MFYda istiqomat qiluvchi To‘lqin Dehqonov tomonidan 5 sotix maydonda tashkil etilgan zamonaviy issiqxona mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Joriy yilda qurilgan bu issiqxonada 4 ming 500 dona atirgul ko‘chati tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida parvarishlanmoqda. Sovuq kunlarda issiqlikni ushlab turish, issiq kunlarda esa sovutish tizimi orqali gullar kun sayin rivojlanib, barq urmoqda. “Quva – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi ko‘chat tanlashdan to eksportgacha bo‘lgan jarayonlarda tadbirkorlarga ko‘mak bermoqda. Press-tur davomida ishtirokchilar qilingan ishlar bilan tanishish barobarida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Germaniya delegasiyasini qabul qildi.

Farg‘onalik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safaridan qaytdi

Viloyatimizning ikki jamoasi Respublika tanlovida ishtirok etmoqda
