Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

432025-06-18 14:09

Viloyat hokimi Germaniya delegatsiyasini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750237677415.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750237682052.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750237685572.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750237688930.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1750237692222.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniya Federal hukumatining Ko‘chib kelganlar va milliy ozchilik masalasi bo‘yicha vakili Bernd Fabritsius boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muloqotda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar turli sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, tarixiy ildizlari, davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari doirasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta‘kidlandi. Germaniyaning ilm-fan va texnologiya sohasidagi ilg‘or yutuqlari e‘tirof etildi. Viloyat hokimi iqtisodiy sohalardagi hamkorlik, muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalar haqida ma‘lumot berdi. Shuningdek, yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelayotgani, ularning huquqlari to‘liq ta‘minlanayotganiga e‘tibor qaratdi. Xususan, 8 ming nafardan ziyod nemis millatiga mansub fuqarolar yurtimizda baxtli hayot kechirayotgani, Farg‘ona shahar markazida “Do‘stlik uyi” tashkil etilib, miliy madaniy markazlar faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratib berilgani, 1990 yilda tashkil etilgan “Vidergeburt” nemis milliy madaniy markazi qoshida hozirgi kunda yoshlar uchun 14 ta yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etilgani haqida to‘xtalib o‘tildi. “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ham nemis madaniyati va an‘analarini saqlash, asrab-avaylash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, ular uchun zarur ijtimoiy va madaniy sharoitlar yaratilgani ta‘kidlandi. Farg‘ona viloyatida ham 500 nafarga yaqin nemis millati vakillari istiqomat qilib, mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgani alohida e‘tirof etildi. Uchrashuvda shuningdek, farg‘onalik yoshlar nemis tili kurslarida tahsil olayotgani, ayrimlari Germaniyada bilim va malaka oshirib, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani haqida ham so‘z yuritildi. - Men nemis millatiga mansub fuqarolar O‘zbekistonda, jumladan, Farg‘onada, erkin va farovon hayot kechirayotganiga guvoh bo‘ldim. Ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahsinga sazovor. Kelgusida Farg‘ona viloyati va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berishga tayyorman, – dedi Germaniya delegasiyasi rahbari Bernd Fabrisius. Yakunda bildirilgan takliflar asosida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Uchrashuvda viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Burhon Qo‘ldashev ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 18.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft