Farg‘onada Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi viloyatimizda ham katta tantana bilan nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan bugun Farg‘ona shahrida tantanali tadbir tashkil etildi.
Dastlab al-Farg‘oniy ko‘chasidan ulkan bayroq askarlar ko‘magida keng yoyilib orkestr jo‘rligida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha bo‘lgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni shahrimiz aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo‘sh urgan holda kuzatib bordilar.
Viloyat teatr va konsert saroyining old sahnasida bayramning rasmiy qismi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan farg‘onalik ijodkor va tarixchilar, jamoatchilik vakillari xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqillik ramzi bo‘lgan bayroq davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganiga yig‘ilganlar etiborini qaratdilar. Shuningdek, davlatimiz bayrog‘idagi ranglar ifodasi, navqiron yarim oy va 12 yulduz tasvirlari, ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Konsert dasturi esa barchaga bayramona ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona shahrida Farg‘ona-Yaponiya ikkinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar bilan uchrashdi