Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegasiyasining Xitoyga tashrifida samarali kelishuvlarga erishilib, hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Uning doirasida Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Shanьdun, Guandun, Xenanь, Chjeszyan provinsiyalari, Guanchjo, Foshan, Szinanь, Qoshg‘ar, Luo Yang, Xanchjou shaharlarida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida o‘zaro hamkorlikka oid umumiy qiymati 2 mlrd dollarga yaqin hujjatlar imzolandi. Qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, logistika, qurilish, turizm, sanoat zonalari tashkil etish, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda yangi hamkorlar topilib, Farg‘onaga taklif qilindi. Shu bilan viloyat delegasiyasining Xitoyga amaliy tashrifi yakuniga etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda