Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida manzarali daraxt ko‘chatlari ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi










Respublikamizning har bir viloyatida bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirlari Farg‘onada ham ko‘tarinkilik bilan tashkil etildi.
Prezidentimiz ishtirokida bugun Toshkent shahri atrofida “yashil” belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari ko‘chat ekish jarayonini boshlab berdilar. Shundan so‘ng mamlakatimizning barcha viloyatlarida ham bir vaqtning o‘zida uyushtirilgan ko‘chat ekish tadbirlari davom etdi va bu jarayon onlayn monitorda namoyish etildi.
Marg‘ilon shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida manzarali daraxt ko‘chatlari ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbar va xodimlari, viloyat nuroniylari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi
Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda