Farg‘onada Germaniya mehnat bozori uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi





Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Berlin shahrida “Simson Private Akademie” rahbari Maks Roymshussel bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida viloyatimizda Germaniya mehnat bozori talablariga mos malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunlari asosida Farg‘ona shahrida mazkur akademiya ko‘magida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish va unda ta‘lim olgan yoshlarni Germaniyada ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, “GfM group” kompaniyasi direktori Mattias Freyling bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham yoshlarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan “Wegweiser” o‘quv markazi bilan hamkorlikda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularni xorijda ish bilan ta‘minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Uchrashuvlar yakunida Farg‘ona viloyati hokimligi, “Simson Private Akademie”, “GfM group” va “Erfurt Bildungszentrum” (EBZ)kompaniyalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





