Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

912025-07-03 20:21

Nemis ishbilarmonlari bilan Farg‘onada istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751555923434.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751555930111.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751555934480.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751555937914.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751555941434.jpg

Nemis ishbilarmonlari bilan Farg‘onada istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Berlin shahrida olib borayotgan uchrashuvlari davomida Germaniyalik tadbirkorlarning Farg‘ona viloyatida biznes yuritishga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Bir qator istiqbolli loyihalar bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishilgani bunga yaqqol misoldir. Xususan, “Waltec Maschinenbau” kompaniyasi rahbari Peter Rayx bilan Farg‘onada yuqori sifatli shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. “Waltec Maschinenbau” — Germaniyaning mashhur avtomatlashtirilgan shisha ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha uskuna va liniyalar yaratuvchi kompaniyasi hisoblanadi. U 50 dan ortiq mamlakatda amalga oshirilgan loyihalar va ishonchli hamkorlik tajribasiga ega. Uchrashuv yakunida joriy yil iyulь oyi oxirida kompaniya vakillari Farg‘onaga tashrif buyurib, loyiha bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishni boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, “Munich Carpet Manufactory” kompaniyasi rahbari Martin Grebener bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada gilamchilik yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Suhbatda Farg‘onada milliy hunarmandchilik, ayniqsa, qo‘lda to‘qilgan ipak gilamlari keng tarqalgani va mashhur ekanligi ta‘kidlandi. Zamonaviy texnologiya va dizayn asosida Evropa bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan gilam mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 04.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft