Viloyat delegatsiyasi Germaniyaning Rudolshtat shahrida joylashgan Tyuringiya mato va plastmassa tadqiqot instituti - TITK Groupda bo‘ldi






Mazkur institut tekstil va plastmassa materiallari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion ishlanmalar, sanoat uchun zamonaviy yechimlar yaratish yo‘nalishida faoliyat olib boradi. TITK Group ekologik toza, samarali va innovasion materiallarni ishlab chiqish, sanoat va ilm-fan aloqalarini rivojlantirish hamda yosh kadrlarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirishga muhim e‘tibor qaratib kelmoqda. Institut tomonidan ko‘plab innovasion ishlanmalar va loyihalar yaratilmoqda. Jumladan, “Triple‑recycled” (300% qayta ishlangan) tovushli mato loyihasi shulardan biri. Sellyulozadan (ishlab chiqarish chiqindilaridan) olingan tolani qayta ishlashga oid yangi turdagi ishlanmalarni taqdim etdi. Bu mato uch marta qayta ishlangan toladan yaratilgan. Shuningdek, zamonaviy pilot miqyosidagi “Digester” (pishirish reaktori) qurilmasi ishlab chiqilmoqda. Qurilma qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan sellyuloza olish va matolarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. Dastlab viloyat delegatsiyasiga institut faoliyati va loyihalari haqida taqdimot qilindi. Uchrashuvda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur institut bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, viloyatimizdagi to‘qimachilik yo‘nalishidagi korxonalarda ilg‘or ishlanmalarni amalga oshirishni ta‘kidladi. Hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onalik yoshlar kasbga o‘qitilib, Germaniyada ishlashi mumkin




Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi