Viloyat hokimining o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi







2024 yilda Farg‘ona viloyatida investisiyalar, eksport va savdo yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yildagi reja va vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Mamajonov ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarga viloyatning investision salohiyati, loyihalar hamda olib borilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar bo‘yicha ma‘lumot berdi.
Farg‘ona viloyatidagi qulay investisiyaviy muhit natijasida xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilda umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi, 1,1 mingta istiqbolli loyiha ishga tushirildi, natijada 36 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.
- Janubiy Koreyaning Chungchongnam-do viloyatida Farg‘ona investisiyalar va savdo vakolatxonasi ochildi, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov. - Hamkorlik natijasida bugun viloyatga investisiya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni 29 taga etdi, qo‘shma va xorijiy korxonalar 800 dan oshdi. Xorijlik hamkorlar va salohiyatli investorlar bilan muzokaralar tufayli 6 milliard dollarlik 1,5 ming loyiha paketi shakllantirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan viloyatimizda yangi sanoat zonalari uchun jami 1 641 gektar er maydoni ajratib berildi. Bu imkoniyat natijasida 2025 yil viloyat uchun xorijiy investisiyalarni jalb etishda eng samarali yil bo‘ladi.
2025 yilda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 6 mlrd. dollar miqdoridagi investisiya loyihalarini boshlash, 1,2 mingta investisiya loyihasini amalga oshirish hisobiga 44 ming nafar aholi bandligini ta‘minlash, shu bilan birga, 1,5 mlrd. dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportini amalga oshirish, 3,7 mlrd. dollar miqdoridagi investisiyalarni o‘zlashtirish hamda 49 ta yirik investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Beshariqlik Gullola Xo‘jaahmedova xonadonida gulchilikni yo‘lga qo‘yib, 20 nafar ayol-qizni band qildi

Yer maydonlarini aholi va tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

Viloyat hokimi viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari, tizim va boshqarmalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyatida 12-15 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo ma‘lumoti

Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning New&New Co.,Ltd kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Viloyat hokimligida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi