Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumani “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasidagi yangi ishlab chiqarish loyihalarining qurilish jarayonlari bilan tanishdi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Toshloq tumani “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida bo‘lib, barpo etilayotgan yangi ishlab chiqarish loyihalarining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Dastlab “Goolden-Paper-Kraft” MChJ tomonidan 4 gektar maydonda qurilishiga kirishilayotgan 5 ta loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaga ko‘ra, 2025-2026-yillar davomida maxsus qog‘oz, gipsokarton poneli mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarish, har xil turdagi kley mahsulotlari, elektromobillar va turli xildagi avtomobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Tadbirkor Sherzod Babayev viloyat hokimiga amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalari hamda kutilayotgan natijalar bo‘yicha ma‘lumotlar berdi. Viloyat rahbari tadbirkor ishini ma‘qullab, ishlarni jadallashtirish, kerakli yordam ko‘rsatilishini ma‘lum qildi.
Ushbu sanoat zonasi hududida bunyod etilayotgan “Farg‘onametallurgiyazavodi” MChJ QK tomonidan 15 gektar maydonda qurilayotgan metalni qayta ishlash zavodida olib borilayotgan qurilish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.
Shu joyda tadbirkorlar tomonidan 2025-2026-yillarda KSZda amalga oshirmoqchi bo‘lgan yirik investitsion loyihalari taqdimoti bilan ham tanishildi.
Shuningdek, “Vodiy Marhabo” MChJ tomonidan 5,3 mln. dollar sarmoya kiritilishi hisobiga qad rostlayotgan qurilish materiallari (avtoklav, gazoblok) ishlab chiqarish korxonasidagi qurilish jarayonlari o‘rganildi. Ushbu qurilish ishlarida hozirda 40 ta ishchi band qilingan.
12 gektar maydonda esa 45 mln.dollar sarmoya kiritilishi hisobiga neftni qayta ishlash zavodi qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Joriy yil 2-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan zavodda 400 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi ma‘lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qatarning “JTA Holding International” kompaniyasi rahbari Amir Ali Salemi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Tojikistonlik tadbirkor Xayriddin Boboyevni qabul qildi
Xitoylik ishbilarmonlar tomonidan viloyatimiz hududida ko‘p qavatli turar-joy binolari va zamonaviy mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda
Viloyat hokimi Toshloq tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini ta‘minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarning holatini o‘rgandi
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri