Viloyat hokimi Toshloq tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini ta‘minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarning holatini o‘rgandi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini ta‘minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarning holatini o‘rgandi. Ishga tushirilgan mikroloyihalarning faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Viloyat hokimi Toshloq MFY Bahor ko‘chasida bo‘sh turgan binosida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkor Madina Ibragimova turkiyalik hamkori bilan birga mazkur tarmoqni tashkil etdi hamda 90 ga yaqin xotin-qizlar ishga qabul qilindi. Bu yerda ayollar xalati tikilib, Rossiyaga eksporti yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat hokimi bilan muloqotda bo‘lgan tadbirkor 1 mlrd. so‘m kredit olishda ko‘mak so‘radi, buning natijasida ishchilar sonini 500 taga yetkazishini ma‘lum qildi. Tadbirkorga ko‘mak berish bo‘yicha Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘iga ko‘rsatma berildi. “Intellekt savdo biznes” MChJ tomonidan poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan. Konteynerlarda joylashgan ushbu korxonada ayni kunlarda 100 ta ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, tadbirkor Muzaffar Mirzajonov yaqinda Qirgulida ham shunday tarmoqni ishga tushirib, 30 ta ish o‘rni yaratdi. Mahsulotlar ichki bozor va Tojikiston, Qirg‘izistonga yetkazib berilmoqda. Ishchilar 2 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha ishiga qarab oylik olmoqda. Viloyat rahbari korxona faoliyati hamda tadbirkorning rejalari bilan tanishdi. Xayrullo Bozorov tuman sektorlari rahbarlariga mahallalarda yurib tadbirkorlar bilan muloqot qilish kerakligi, ularga sharoit yaratish orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi uchun munosib ish sharoiti yaratish, bandligini ta‘minlash, kambag‘allik darajasini tushirish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





