Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Tojikistonlik tadbirkor Xayriddin Boboyevni qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Tojikistonlik tadbirkor Xayriddin Boboyevni qabul qildi. Tojikistonlik tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobiga Beshariq tumanida sig‘imi 2 ming tonna bo‘lgan suyultirilgan gaz saqlash ombori qurish niyati borligini ma‘lum qildi. Ushbu loyiha orqali avtomobillar, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obyektlari va aholi uchun suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘ylishi haqida ma‘lumotlar berildi. Loyiha uchun maqbul joy ko‘rish va aniq takliflar asosida muzokaralarni davom ettirishga kelishildi. Uchrashuvda Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Berlin shahrida Farg‘ona-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Germaniya mehnat bozori uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi

Nemis ishbilarmonlari bilan Farg‘onada istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi



Farg‘onalik yoshlar kasbga o‘qitilib, Germaniyada ishlashi mumkin