Qulupnaydan 300 mln so‘m daromad
Tomorqa yaxshigina xazina bo‘lib, ishning ko‘zini bilgan odam undan unumli foydalanadi. Buvayda tumani Tepalik mahallasida yashovchi Olimjon Sattorov 100 mln so‘m imtiyozli kredit hisobiga 5 sotix yerda issiqxona tashkil qilib, qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni kunlarda uning xonadonida qulupnay pishdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur xonadonda bo‘lib, issiqxona bilan tanishdi.
Oqqo‘rg‘on qishlog‘i anjir, qulupnayi bilan mashhur bo‘lib, har bir xonadon uni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Endilikda qishda ham qulupnay yetishtirish mumkin. Xonadon egasi Olimjon Sattorovning aytishicha, qulupnayning “Koreya” navidan o‘rtacha 300 mln so‘m daromad olinadi.
Viloyat rahbari “mahalla yettiligi”ga issiqxonada qulupnay yetishtirishni har bir xonadonda yo‘lga qo‘yish, mahallani shunga ixtisoslashtirish, aholini shu yo‘l orqali daromadli qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘onada “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta‘limga xalqaro ta‘lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimi Buvayda tumanidagi Pishag‘ar mahallasida bo‘lib, xonadonlarda mebel ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash jarayoni bilan tanishdi
Hunarmandlar sanoat zonasining qurilishi boshlandi
Buvayda tumanida ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlikdan xoli hudud bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi
Farg‘ona viloyatida 22-23-24-25 yanvarь kunlari kutilayotgan ob-havo ma‘lumoti