Hunarmandlar sanoat zonasining qurilishi boshlandi







Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini nafaqat Buvayda tumanida, balki yurtimizda ham temirchilik mahsulotlari bilan tanilgan. Bu yerda 5315 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo‘lib, 400ga yaqin xonadon ketmon, bolta, tesha kabi ro‘zg‘or uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlarni yasash bilan shug‘ullanadi. Ular ichki bozor bilan birga qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Viloyat rahbari avvalgi o‘rganishlari davomida mazkur mahalladagi hunarmandlarning uylarida bo‘lib, alohida sanoat zonasini tashkil qilib berish taklifini bildirgan edi. Mazkur mahallada temirchilikka ixtisoslashgan Hunarmandlar sanoat zonasining qurilishi boshlandi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, hunarmandlar ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov temirchi ustalar tomonidan yasalgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Yangi tashkil etilayotgan sanoat zonasida barcha sharoitlar va infratuzilma yaratib berilishligi, har bir hunarmand uchun ustaxona bo‘lishligi aytib o‘tildi. 3,5 gektar maydondagi zonada 6 mln dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Mahalla hunarmandlari bu yerga joylashtirilib, 600 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Mazkur sanoat zonasini joriy yilning sentabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada


Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.