Viloyat hokimi Buvayda tumanidagi Pishag‘ar mahallasida bo‘lib, xonadonlarda mebel ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash jarayoni bilan tanishdi










Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Buvayda tumanidagi Pishag‘ar mahallasida bo‘lib, xonadonlarda mebel ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash jarayoni bilan tanishdi. Bu yerda 200 dan ortiq oila egalari mazkur yumushlar bilan band. Viloyat rahbari xonadonlarga kirib, ularning ish faoliyatlarini ko‘zdan kechirdi. Tarmoqni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi. “Yashnarobod” MFY hududida joylashgan “ADMIRE” xususiy o‘quv markazida sharoitlar bilan tanishildi. Markazda 500 dan ortiq o‘quvchi ingliz tilini o‘rganib, milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lmoqda. Viloyat hokimi o‘quv markazi faoliyatini yuqori baholab, til o‘rgatish bilan bir qatorda IT, aniq fanlarni ham yoshlarga chuqur o‘rgatish lozimligini ta‘kidladi. Tepalik MFYda yashovchi G‘iyosjon Mamadvaliyev uyida tikuvchilik tarmog‘ini tashkil qilgan. Ayni kunlarda 60 nafar mahalla ayollari mehnat qilmoqda. “Urganji” MFYdagi bo‘sh turgan binoda "Muhammadjonov Asliddin" oilaviy korxonasi tomonidan poyabzal ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 80 ta ish o‘rni yaratilgan. Viloyat rahbari mahallalarda tashkil etilgan shu kabi loyihalar bilan tanishib, tuman sektorlari rahbarlariga ularni yanada ko‘paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholini daromadli qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Viloyat hokimi tumandagi mebelchilik sanoat zonasida qurilayotgan savdo majmuasi qurilishi bilan ham tanishib, uni tez orada ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tumanda joriy yilda 566 xonadonga ega 11 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Viloyat hokimi mazkur qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi


IT sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

Farg‘onada “Telecontact” kompaniyasi filiali faoliyat boshladi