Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro turizm yarmarkasida viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda





Yarmarkada Farg‘ona viloyatining boy madaniy merosi, turistik salohiyati va imkoniyatlari jahon hamjamiyati e‘tiboriga taqdim etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston pavilьonida viloyat delegasiyasi va turli mamlakatlarning diplomatik vakillari o‘rtasida samarali muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, yarmarka doirasida O‘zbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh konsulligi tashabbusi bilan Quvayt, Qatar kabi davlatlar vakillari bilan turizm sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, Farg‘ona viloyati bilan turizm, madaniy va investisiyaviy loyihalar borasida aniq mexanizmlar ishlab chiqish, delegasiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, turistik tashabbuslarda ishtirok etish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, “Dilrabo travel” turizm kompaniyasi tomonidan qiymati 5 mln 200 ming dollarlik shartnoma imzolandi. Bu mintaqamizning turizm salohiyati yuksalayotgani bilan birga xorijiy investorlar va sayyohlar uchun eng ishonchli hamkor sifatida e‘tirof etilayotganidan dalolatdir. Ma‘lumot uchun: GITF — Guangzhou International Travel Fair 1993 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Xitoydagi eng yirik va nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmalaridan biri. Unda turli mamlakatlarning milliy pavilьonlari, seminar va ma‘ruzalar orqali ishtirokchilar so‘nggi turizm tendensiyalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi

Farg‘onada kitob do‘konlari yana bittaga ko‘paydi

Farg‘onada birinchi xalqaro kitobxonlik festivali boshlandi