Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

552025-06-27 20:40

Farg‘onada qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda “aqlli” texnologiyalarga asoslangan tizim joriy etiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751038753222.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751038757665.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751038760797.jpg

Farg‘onada qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda “aqlli” texnologiyalarga asoslangan kompleks tizim joriy etiladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shandong Oubiao Information Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda joriy yil aprelь oyida viloyat delegasiyasining Xitoyga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarishda “aqlli” texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Muzokaralar davomida suv xo‘jaligini raqamli boshqarish, qishloq xo‘jaligi uchun innovasion texnologiyalar va zamonaviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Xususan, zarur uskunalarni ishlab chiqarishdan tortib, suvni maqsadli va samarali taqsimlashga xizmat qiluvchi kompleks tizimni joriy etish, bu jarayonga ilm bilan yondashib, tajribali Xitoyning ilg‘or kompaniyalarini jalb qilish haqida so‘z bordi. Viloyat rahbari mazkur loyiha suvdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidladi. Shu bois, uni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish zarurligini aytib, bildirilgan takliflarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma‘lum qildi. Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft